Jami: 293 ta ta’rif · Topildi: 10

Refleksiv baholash

shaxsning o‘z jismoniy va psixoemotsional holati, xatti-harakatlari hamda qabul qilgan qarorlarining salomatlikka ta’sirini tahlil qilishi va baholashi.

Ruhiy farovonlik

shaxsning ichki muvozanati, o‘z hissiyotlarini boshqarishi va faoliyat davomida psixologik barqarorligini saqlashi bilan tavsiflanadigan holat.

Refleksivlik

shaxsning o‘z faoliyati, qarorlari va xatti-harakatlarini anglash, tahlil qilish hamda zarur tuzatishlar kiritish qobiliyati.

Refleksiv-baholash yo‘nalishi

shaxsning o‘z holati va faoliyati natijalarini tahlil qilishi hamda zarur tuzatishlar kiritishini ta’minlovchi yo‘nalish.

Refleksiv-korreksion bosqich

bajarilgan faoliyat va qabul qilingan qarorlar natijasi baholanib, individual salomatlik faoliyatiga zarur tuzatishlar kiritiladigan bosqich.

Refleksiv kundalik

talabaning o‘z jismoniy va psixoemotsional holati, amalga oshirgan faoliyati va uning natijalarini muntazam qayd etish vositasi.

Refleksiv-baholash topshirig‘i

qabul qilingan qaror, bajarilgan harakat va erishilgan natijani tahlil qilishga yo‘naltirilgan topshiriq.

Rivojlanish dinamikasi

talabaning salomatlikka oid bilimi, munosabati, amaliy ko‘nikmasi va refleksiv baholashidagi vaqt davomida yuz beradigan o‘zgarishlar.

Ratsion

Muayyan davrda iste’mol qilinadigan ovqat va ichimliklar yig‘indisi.

Refleks

Asab tizimi orqali amalga oshadigan ta’sirga javob reaksiyasi.