Jami: 293 ta ta’rif · Topildi: 10

Amaliy-konstruktiv metod

nazariy bilimlarni aniq reja, dastur, loyiha yoki kasbiy faoliyat shakliga aylantirishni ta’minlovchi metod.

Amaliy ko‘nikma

salomatlikka oid bilimlarni kundalik va kasbiy-pedagogik vaziyatlarda maqsadga muvofiq qo‘llash qobiliyati.

Amaliy-faoliyatli yo‘nalish

salomatlik xavflarini aniqlash, profilaktik choralarni tanlash va salomatlikni asrovchi faoliyatni amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi yo‘nalish.

Axborot-kognitiv bosqich

salomatlik madaniyati, kasbiy xavflar va ularning oldini olish yo‘llariga oid bilimlar tizimlashtiriladigan bosqich.

Amaliy-konstruktiv bosqich

salomatlikka oid bilimlar kasbiy vaziyat, muammoli topshiriq, trening va amaliy loyiha orqali faoliyatga tatbiq etiladigan bosqich.

Axborot-tahliliy topshiriq

salomatlikka oid tushunchalarni izohlash, omillarni tasniflash va sabab–oqibat aloqalarini aniqlashga qaratilgan topshiriq.

Amaliy-loyihaviy topshiriq

salomatlikni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan reja, dastur yoki loyiha ishlab chiqishni nazarda tutuvchi topshiriq.

Axborot-mazmuniy vositalar

salomatlikka oid bilimlarni taqdim etishga xizmat qiluvchi o‘quv matni, metodik tavsiya, sxema, jadval va elektron materiallar.

Amaliy-loyihaviy vositalar

salomatlikni asrovchi faoliyatni rejalashtirishga xizmat qiluvchi loyiha xaritasi, individual salomatlik rejasi, faoliyat algoritmi va refleksiv kundalik.

Aniqlovchi-asoslovchi bosqich

muammoning nazariy asoslari va amaldagi holati o‘rganilib, dastlabki diagnostika o‘tkaziladigan tajriba-sinov bosqichi.